Tahriyat hayati raisini taniysimi?

Tahriyat hayati raisini taniysimi?

Biografiyasi

Jahongir Zaynalov 1950-yil 30-aprelda Samarqand shahrida tuʻgilgan[1][2]. 1967—1971-yillarda Samarqand kooperativ instituti iqtisod fakultetida tahsil olgan. 1971—1972-yillarda Buxoro kooperativ texnikumi o‘qituvchisi, 1972—1973-yillarda harbiy xizmatda, 1973—1976-yillarda O‘zbekiston SSR Qishloq xo‘jaligi vazirligi Samarqand viloyati paxtachilik sovxozlari tresti katta iqtisodchisi, 1975—1976-yillarda viloyat qorako‘lchilik tresti katta iqtisodchisi, 1976—1979-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Savdo va iqtisod“ kafedrasi assistenti, 1979-yilda „Moliya va kredit“ kafedrasi assistenti, 1982—1987-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Moliya va kredit“ kafedrasi mudiri, 1987—1989-yillarda „Moliya va statistika“ kafedrasi dotsenti, bir vaqtning o‘zida „Hisob va iqtisod“ fakulteti dekani, 1992—1993-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Tahlil va moliya“ kafedrasi dotsenti, 1993—1997-yillarda „Moliya va kredit“ kafedrasining mudiri, bir vaqtning o‘zida 1994-yildan „Soliq va soliqqa solish“ markazi rahbari, 1997—2004-yillarda „Moliya va kredit“ kafedrasi mudiri, sonʻgra „Moliya va kredit“ fakulteti dekani, 2004-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti „Moliya va sug‘urta xizmatlari“ kafedrasi mudiri va „Bank-moliya xizmatlari“ fakulteti dekani, 2004—2013-yillarda „Moliya va sug‘urta xizmatlari“ kafedrasi mudiri, 2013—2016-yillarda magistratura bo‘limi boshlig‘i, 2016—2020-yillarda „Moliya va sug‘urta xizmatlari“ kafedrasi mudiri vazifasida faoliyat olib borgan. 2020-yildan „Moliya“ kafedrasi mudiri[1].

Ilmiy faoliyati

1979—1981-yillarda Moskva xalq xo‘jalik instituti aspiranturasida, 1989—1992-yillarda Rossiya iqtisodiy akademiyasining doktoranturasida oʻqigan. Xalqaro Yevroosiyo iqtisodiyot akademiyasining akademigi (2006), Texnologiyalarni rivojlantirish xalqaro akademiyasining akademigi (2007)[1]

Mukofotlari

  • „Oliy ta’lim a’lochisi“ koʻkrak nishoni (1999);
  • „O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim fidoiysi“ koʻkrak nishoni (2000);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 15 yil“ esdalik nishoni (2006);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
  • „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 25 yil“ esdalik nishoni (2017)[1].